Yangilik

🌿Orolbo’yi milliy tabiat bog’i

🌿Orolbo’yi milliy tabiat bog’i

Ma’lumotlarga ko’ra so‘nggi chorak asr davomida sayyoramizning biologik xilma-xilligi 30 foizga qisqargan. Xalqaro Yovvoyi tabiatni himoya qilish jamg‘armasi ma’lumotlariga qarasak, har kuni yer yuzidan jonivorlarning 3 tadan turi yo’qolib ketmoqda.Bugungi kunda hayvonot olamining ko’plab turlari butunlay yo’q bo‘lib ketish arafasida. Olam uchun esa har bir jonzotning o‘rni beqiyos. Inson qo‘l ostidagi va tabiatdagi har bir hayvon uchun mas’uldirki, ular odamlarga qaram qilib qo‘yilgan.Biroq hayvonlar ham inson faoliyati tupayli muommolarga duch kelishadi iqlim o’zgarishi, ifloslanish, o’rmonlarning kesilishi va ovchilik ko’plab hayvonlar turlarining yo’q bo’lib ketishiga olib keladi.Bu esa bioxilma-xillikka juda kata tahdid soladi.Umuman olganda hayvonlar tabiatning ajralmas bir qismi bo’lib bizning vazifamiz ularga ehtiyodgorlik bilan munasabatta bolib va ularni asrash choralarini ko’rishdir.⚠️

Shu boyistan Bo’zatov tumanidagi “Orolbo’yi” milliy tabiat bog’ining ilmiy hodimlari Qoraqalpoq davlat universitetining Umumiy biologiya va fiziologiya kafedrasi dotsenti I.Arepbaev va Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi tayanch doktoranti M.Abdikarimova bilan birgalikta “Orolbo’yi” milliy tabiat bog’i hududidagi qushlarning genetik ko’payish mavsumidan kiyingi jarayonlari organilib shiqildi.Izlanish natiyjasiga ko’ra Katta quton Ardea purpura (Linnaeus 1766) ning polaponlar soni aniqlandi.
Undan tashqari Oddiy chigirtchi Sterna hirundo ( Linnaeus, 1758) ning tuqimlariga yirtqich hayvonlar zarar yetgazganligi ushun qushning yana shu yilga avlod qoldirish ushun tuqum qoldirganligining guvohi bo’ldik.
Organish jarayonida korish mumkinkiy “Orolbo’yi” milliy tabiat bog’ida hayvonlar ushun qulay sharoit va muhofaza ishlari kuchli rejimda bolganligi sababli qushlarimiz son jihattan ham tur jihattan ham yildan yilga ko’payib bormoqda.‼️

📸Orolbo’yi MTB