Faoliyat

Orolboyi milliy tabiat bog‘i faoliyati Orolbo‘yi mintaqasining ekologik muammolarini kompleks hal etishga va muhofaza etiladigan hududlarni barqaror rivojlantirishga qaratilgan.

Asosiy faoliyat yo‘nalishlari

  • Atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon melioratsiyasi: «Yashil makon» davlat dasturi doirasida bog‘ida ekotizimni barqarorlashtirish maqsadida keng ko‘lamli o‘rmon melioratsiyasi ishlari olib borilmoqda.Hududlarda o‘simliklar qoplamini barpo etish orqali atrof-muhit muhofazasi ta’minlanmoqda va biologik xilma-xillik asrab qolinmoqda. 
  • Bioxilma-xillikni saqlash: Noyob hayvonlar va ko‘chib yuruvchi qushlar populyatsiyalarini monitoring qilish. Tabiyat ekotizimlarni tiklash hamda O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob endemik o‘simlik va hayvon turlarini himoya qilish.
  • Ilmiy tadqiqotlar: Orolbo’yi milliy tabiat bog’i hududida bioxilma-xillikni saqlash, o’simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish ustuvor vazifa hisoblanadi. Shu maqsadda bog’da doimiy ravishda ilmiy-amaliy izlanishlar o’tkazilib, ekotizim holati bo’yicha muntazam monitoring ishlari amalga oshirilmoqda.
  • Ekologik turizm va ta’lim: Yoshlar o‘rtasida tabiatga ehtiyotkorona munosabatni targ‘ib qilish. Yangi piyoda va avtomobil ekomarshrutlarini ishlab chiqish, tashrif buyuruvchilar uchun axborot tashrif markazlarini yaratish.