Yangilik

Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) Qizil ro‘yxati yangilandi

Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) Qizil ro‘yxati yangilandi. Unda birinchi bor daraxtlarni global darajada baholash natijalari e’lon qilindi.

Ta’kidlash joizki, birinchi bor dunyodagi daraxtlarning aksariyati IUCN Qizil ro’yxatiga kiritilgan bo’lib, baholangan 47 282 turdan kamida 16 425 tasi yo’qolib ketish xavfi ostida ekanligi ma’lum bo‘ldi. Daraxtlar hozirda Qizil ro’yxatdagi turlarning to’rtdan bir qismini tashkil etadi va xavf ostida qolgan daraxtlar soni barcha xavf ostidagi qushlar, sutemizuvchilar, sudraluvchilar va amfibiyalar sonidan ikki baravar ko’p. Umuman olganda, dunyoning 192 mamlakatida daraxt turlari yo‘qolib ketish xavfi ostida.
“Baholash butun dunyoni qamrab oldi va 1000 dan ortiq daraxt bo‘yicha mutaxassislar jalb etildi. Ushbu keng qamrovli baholash bizga tabiatni asrash bo’yicha yaxshiroq qaror qabul qilish va zudlik bilan daraxtlarni himoya qilish uchun choralar ko’rish imkonini beradi”, — dedi Xalqaro Botanika bogʻlarini muhofaza qilish tashkiloti mutaxassisi, doktor Malin Rivers.