Fauna obyekti

Quturish kasalligin tarqatuvchi hayvonlar haqida bilasizmi❓😮

Quturish kasalligin tarqatuvchi hayvonlar haqida bilasizmi❓😮
Hayvonlar quturishining asosiy belgisi – uning xulqi o’zgarishi hisoblanadi: yaxshi uy hayvoni tajovuzkor, yovvoyi va tishlashga shay bo’lib turadi.
Yovvoyi hayvonlar ham, uy hayvonlari ham quturish virusini tarqatishi mumkin. Kasallikning asosiy sababchilari qatoriga quyidagi hayvonlar kiradi:
Itlar, ko’rshapalaklar, mushuklar, sigirlar, eshki, otlar, quyonlar, qunduzlar, bo’ri, chiyabo’ri va maymunlar.
Quturish kasalligi – quturish virusi (Rabies virus) qo’zg’atadigan virusli kasallik, issiqqon hayvonlar va odamlarda uchraydi. Odamga kasallangan hayvonlar tishlaganda yoki tirnaganda ularning so’lagi orqali yuqadi. Virus yuqganda markaziy asab tizimining og’ir progressiv shikastlanishi kuzatiladi.Virus shikastlangan teri orqali asab oxirlari tomon harakatlanadi va ular orqali miya va orqa miyaga tarqaladi. Kasallik insonlar uchun halokatli hisoblanadi va kasallikni faqatgina favqulodda emlash bilan oldini olish mumkin.
Odamlarda quturish kasalligining asosiy belgisi — gidrofobiya yoki suvdan qo’rqish sinaladi. Avval suv ichishdan qo’rqish kuzatilsa, keyinchalik suvni ko’rganda va suv haqida gap ketganda ham qo’rqish belgilari kuzatiladi. Qo’shimcha ravishda yutunish mushaklarining titroqli harakati, qo’rquv, tutqanoq, nafas olishdagi uzulishlar aniqlanishi mumkin.
Tutqanoq tovush va yorug’lik ta’siri oqibatida boshlanadi. Bemor hamma narsani sindirib, odamlarga tashlana boshlaydi, «zo’ravon» hujumdan keyin «jim» – falajlikning boshlang’ich belgisi boshlanadi. Shundan so’ng nafas olish to’xtashi va o’lim sodir bo’ladi.Tishlashdan boshlab kasallik belgilari paydo bo’lgunigacha bo’lgan vaqt kasallikning inkubatsion davri deb ataladi. Odatda kasallik alomatlari inson kasallanganidan 4-12 hafta o’tib namoyon bo’la boshlaydi. Biroq, inkubatsiya davri bir necha kun yoki olti yilgacha cho’zilishi ham mumkin.🤗
Eslatip o’tamiz: Bahor mavsumida yovvoyi va uy hayvonlardan ehtiyot bo’ling.🤪☑️ 📸Orolbo’yi MTB📱