Yangilik

Siz bilasizmi

Siz bilasizmi
Tabiiy suv havzalarida quyidagi baliq ovlash qurollari va vositalaridan foydalanish taqiqlanadi:
Yoyma to‘rlar (nakidka):
ikki tomonlama mahkamlanadigan 10 tadan ortiq ilgakli vositalar (peremet);
maxsus tamg‘alanmagan va vakolatli organ tomonidan hisobga olinmagan har qanday to‘rlar:
changakli ovlash vositalari (astraga);
elektr qarmoq;
mahkamlanadigan tuzoqsimon to‘rlar (venter, mordushka) va boshqa baliq ovlashning brakon’erlik qurollari.

Tabiiy suv havzalarida baliq ovlashda quyidagi usullardan foydalanish taqiqlanadi:
portlovchi, kimyoviy vositalarni qo‘llash:
elektr tokidan foydalanish:
suvni quritish va qonunchilik hujjatlarida taqiqlangan boshqa turdagi usullar.
Yangi turdagi baliq ovlash vositalari yoki usullaridan foydalanishga vakolatli organ bilan kelishilgan holda yo‘l qo‘yiladi.