Foto

Ninachilar haqida qiziqarli faktlar:

Ninachilar haqida qiziqarli faktlar:

1.Ninachilar – sayyoramizdagi eng qadimiy uchuvchi hasharotlardan biri bo‘lib, 300 million yildan buyon mavjud.

2. Ko‘zlari – mo‘jiza! Ularning ko‘zlari 28 mingtagacha kichik ko‘zchalardan iborat!
Ko‘rish qobiliyati tufayli boshqa hasharotlardan ancha tez javob qaytaradi.

3. Ninachilar barcha hasharotlar ichida eng mohir uchuvchilardan.
Ular orqaga, yuqoriga, pastga va hatto havoda to‘xtab turib ucha oladi.
Ba’zilarining uchish tezligi 50 km/soatgacha yetadi!

4. Ninachilar haqiqiy “havo yirtqichlari”dir.
Ular chivin, pashsha, kapalak, hatto boshqa ninachilarni ham tutib yeydi.
O‘lja tutishda deyarli 95% muvaffaqiyatga ega – bu tabiiy dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri!

5. Juftlashish marosimi “havo raqsi”ga o‘xshaydi ninachilar juftlashishdan oldin osmonda o‘ziga xos “raqslarga” tushadi. Juftlashgach, urg‘ochi tuxumini suv ustida uchib ketayotgan holda qo‘yishi mumkin bu juda noyob xatti-harakat.

📸Orolbo’yi mtb hududida olingan