Chiqindi haqida g‘aroyib faktlar
Garbologiya – chiqindini qayta ishlash usullarini o‘rganadigan fan. Bundan tashqari, u maishiy chiqindilarni tadqiq etish usuli orqali jamiyatning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganadi.
Har soniyada sayyorada tabiatga zarar keltirmaydigan uch kilogramdan ortiq “tabiiy” chiqindi yuzaga keladi. Unga tuxum po‘chog‘i, mevalar po‘stlog‘i va boshqalar kiradi. Ovqat qoldiqlari aholi vakili chiqindi savatining 29 foizga yaqinini tashkil qiladi. Qolgan 13 foizi – shisha, 11 foizi – plastmassa, 4 foizi – metal chiqindilar bilan band. 18 foizi esa – boshqa turdagi chiqindilarga kiradi.
Qog‘ozdan tayyorlangan salfetka dengiz suvida 3 oyda, gugurt cho‘plari – 6 oyda to‘liq eriydi. Tamaki qoldig‘i esa 5 yilgacha suzib yuradi. Polietilen paket suvni 10-12 yil davomida ifloslantiradi, neylon buyumlar 35 yildan keyin yo‘q bo‘ladi, temir banka butunlay yo‘q bo‘lishi uchun 500 yil kerak. Shisha butilka to‘liq erishi uchun 1000 yil zarur bo‘ladi.😫