Foto

🎉TABRIK!

🎉TABRIK!
5-iyun – Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining ekologiya tizimida sadoqat bilan xizmat qilayotgan bir qator fidoyi xodimlar tabiatni asrash yo‘lidagi mashaqqatli mehnatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan “Tabiat qoriqchisi” nishoni va maqtov yorlig‘i bilan taqdirlandi.
Bu e’tirof – atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi fidokorona mehnat, mas’uliyat va vatanparvarlikning yorqin namunasi bo‘lib, tabiatga mehr bilan qaraydigan, uni asrashga butun borlig‘ini bag‘ishlagan insonlarning xizmatini qadrlashdir.
Taqdirlangan barcha hamkasblarimizni chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Ishlaringizga baraka, sog‘lik, va yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Hurmat bilan: “Orolbo’yi” milliy tabiat bog’i jamoasi.✅