Foto

🌱 “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosi yuzasidan Ekologiya, atrof-muhit…

🌱 “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosi yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi, Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti tasarrufidagi
”Orolbo’yi” milliy tabiat bog’i hodimlari faol ishtirok etib kelmoqda.

Yashil makon loyihasi aynan biz nafas olayotgan havo musaffoligini taʻminlashda dolzarb sanaladi. Bu loyihada faol ishtirok etish orqali nafaqat tabiatni, balki oʻz salomatligimizni, qolaversa, kelgusi avlodlar sogʻligini saqlashga hissa qoʻshgan boʻlamiz.Yashil makon loyihasiga hissa qoʻshish vatanparvarlik, elparvarlik va donishmandlik namunasi, yurt ravnaqi, mamlakat taraqqiyoti, xalq farovonligi, avlodlar saodati yoʻlidagi ezgu ish. Unda faol ishtirok etish oʻzini oqil va fozil hisoblagan har bir insonning dolzarb vazifasi hisoblanadi.