Orolbo‘yi milliy tabiat bog‘i rahbariyati va inspektor xodimlari Bozato‘v tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tuman bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda profilaktik tadbir o‘tkazdilar. Tadbir davomida qonun buzilishlari va yong‘inlarning oldini olish, tabiiy hududlarni muhofaza qilish masalalari yuzasidan aholi hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, tushuntirish ishlari olib borildi.