Foto

Mute Swan – Joriy yilning 12-fevral kuni Samarqand shahrida “Yovvoyi hayvonla…

Mute Swan – Joriy yilning 12-fevral kuni Samarqand shahrida “Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash bo‘yicha Konventsiya” ishtrokchilarining 14-konferensiyasi (CMS COP14) boshlandi. Konferentsiyani O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri A.N. Aripov ochib berdi. Konferentsiyani O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A.Abduxakimov olib bordi.
Konferantsiyaga dunyoning 130 dan ortiq davlatlaridan 1700 ga yaqin delegatlar, shuningdek buyuritma qoriqxonalar va milliy bog’lar kuzatuvchilari ham ishtirok etmoqda. Kuzatuvchilar qatorida Bo’zatov tumani Orolbo’yi milliy tabiat bog’i ilmiy hodimlari ham ishtirok etishmoqda. Konferentsiyada yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini muhofaza qilish va ularning yashash joylarini saqlab qolish masalalari muhokama qilinmoqda.