Yangilik

🌱Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi, Muho…

🌱Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi, Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti tasarrufidagi”Orolbo’yi” milliy tabiat bog’i xodimlari tomonidan 5-may “Sayg’oq kuni” munosabati bilan Nukus tumanidagi umumta’lim maktablar birida tadbirlar olib borildi.
O’tmishda juda ko’p sonli bo’lgan sayg’oqlar 1990-yillardan boshlab 99.5 foizgacha qisqarib ketgan. Qozog’istonning shimoliy hududlaridan ko’chib o’tuvchi saygʻoqlar soni har yili ob-havo sharoitiga bog’liq ravishda o’zgarib turadi. Sayg’oqlarning Qoraqalpog’istonning Ustyurt arealidagi soni 2016-yilda 1900 tani tashkil etgan. Orolbo’yi va Orol denigizining hudlaridagi alohida saygʻoqlar podasi soni 200 taga yetadi.Sayg’oqlar qorning qalin tushishi tufayli ko’plari halok boʻladi Sayg’oqlarning soni keskin kamayib ketganligidan 1919-yildan boshlab ovlash man etilgan. 1954-yildan litsenziya bo’yicha ovlashga ruxsat etilgan. Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
📸 Nukus tumani №11 maktab