To’qay mushugi mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich sutemizuvchi hayvon bo’lib, tashqi ko’rinishi silovsinga o’xshaydi. U uy mushuklari barcha turidan kattaroq: uzunligi 54-94 sm, dumi 30 smgacha va vazni 8-12 kgga yetadi. Qushlar, kemiruvchilar va quyonlar bilan oziqlanadi. Oʻrta Osiyodagi daryolarning qirgʻoqboʻyi zonasida, Amudaryoning oʻrta va quyi oqimida, qamishzor va oʻrmonlarda uchraydi.
To‘qay mushugi suv bo‘ylarida yashaydi va yaxshi suzadi. U hatto baliq ovlay oladi. Orolbo’yi milliy tabiat bog’i hududida tungi ov sayri fotoqopqon orqali muhrlandi.