Fauna obyekti

Bo‘z echkiemar Markaziy Osiyoning eng yirik kaltakesagi

Bo‘z echkiemar Markaziy Osiyoning eng yirik kaltakesagi. U O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.😮

Bo‘z echkiemar yo‘qolib borayotgan tur. Tabiiy muhitning o‘zlashtirilishi, noqonuniy savdo, “echkiemar go‘shti saratonni davolaydi” degan afsonalar, iqlim o‘zgarishi va hokazolar ularning yo‘qolishiga sabab bo‘lmoqda.
Bo‘z echkiemar kemiruvchilar bilan oziqlanib, cho‘llarda ularning ko‘payishini va shu orqali kemiruvchilar tashuvchisi hisoblangan vabo kasalligining tarqalishining oldini oladi.
Bo‘z echkiemarni noqonuniy tutish javobgarlikka sabab bo‘ladi. O‘zbekiston Qizil Kitobiga kiritilgan noyob turni tutish yoki o‘ldirish Vazirlar Mahkamasining 07.12.2023 yildagi 649 – sonli qaroriga asosan bitta bo‘z echkiemar uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 34 mln.so‘m, chet el fuqarolari esa 20 ming AQSh dollar miqdorda jarima to‘laydi.⚠️

🌿Orolbo’yi MTB📍