Foto

5-IYUN — BUTUNJAHON ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH KUNI

5-IYUN — BUTUNJAHON ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH KUNI
Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan Qoraqalpoq Davlat Universitetida ekologik muammolarga bag‘ishlangan muhim ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda soha mutaxassislari, olimlar, faol talabalar hamda Qoriqxonalar va milliy tabiat bog’lari  xodimlari bir davrada jam bo‘lishdi.
–          Biologik xilma-xillikni saqlash: Orolbo‘yi hududining o‘ziga xos flora va faunasini, xususan, yo‘qolib ketish xavfi ostidagi noyob turlarni asrash.
–          Ilm va amaliyot uyg‘unligi: Ilmiy tadqiqotlar natijalarini qo‘riqxona va tabiat bog‘larining real amaliyoti bilan bog‘lash.
Ilm-fan vakillari bilan bevosita mehnat qilayotgan amaliyotchilarning, qoriqxona va milliy tabiat bog’larining  bunday muloqoti yosh avlodda tabiatga bo‘lgan hurmat va mas’uliyat hissini yanada kuchaytiradi. Zero, ona tabiatni asrash — barchamizning umumiy ishimizdir!