Bahorgi hayot uyg‘onishi bilan “Orolbo‘yi” milliy tabiat bog‘ining har bir burchagida tabiatning mo‘jizaviy go‘zalligi yaqqol namoyon bo‘lmoqda. O‘tkazilgan bahorgi sanoq ishlari davomida hududda turli yovvoyi hayvonlarning inlari aniqlandi, bu esa ularning bu yerda erkin va xavfsiz yashayotganidan dalolat beradi. Ayniqsa, oq dumli suv burgutining poloponlari ko‘zga tashlangani – bu hududdagi ekologik barqarorlikning yorqin isbotidir. Ushbu bahorgi kuzatuvlar nafaqat tabiatning uyg‘onishini, balki uni asrash borasidagi sa’y-harakatlarimizning samaradorligini ham ko‘rsatib turibdi. Bu bizni yanada ko‘proq g‘ayrat bilan tabiatni muhofaza qilishga undaydi.✅