Bo‘zatov tumani hududidagi o‘rmonlarda yuzaga kelgan yong‘inlarni tezkorlik bilan bartaraf etish bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘uloti davomida tuman hududi uchun xavfli bo‘lgan bir nechta ssenariylar amaliyotda sinab ko‘rildi. Bunda o‘rmon hududlarida yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirishda favqulodda vaziyatlar bo‘limi, o‘rmon xo‘jaligi, tibbiyot birlashmasi, ichki ishlar bo‘limi va Orolboyi milliy tabiat bog’i xodimlarining birlashgan harakatlari namoyish etildi.
Shuningdek, yong‘indan jabrlanganlarni qutqarish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va yong‘in o‘choqlarini qisqa vaqt ichida bartaraf etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar olib borildi.