Foto

Chiyabo’ri (Canis aureus)

Chiyabo’ri, shoqol (Canis aureus) – yirtqichlar turkumining itsimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon. Tanasi 71-85 sm, dumi 20-36 sm, og’irligi 7-13 kg. Qishda yungi xira sarg’ish, kulrang (yelkasida qora aralash), yozda malla rangda, qorasi kam. Dumi mallaqo’ng’ir, uchi qora. Cho’l daryo va ko’l qirg’oqlaridagi to’qay, butazorlarda inda yashaydi: boshqa hayvonlar inidan, tabiiy chuqurchalardan foydalanadi (baʼzan o’zi uya qaziydi). Mart-mayda 4-9 ta bola tugʻadi. Hammaxo’r, har xil hayvon hamda o’simlik mahsulotlari, o’limtiklar va boshqa bilan oziqlanadi. Tungi ov paytida fotoqopqonga muhrlandi.