Foto

Fotoqopqonga Qirg’ovul muhrlandi!

Orolbo’yi milliy tabiat bog’i inspektor va o’rmon nazoratchilari tomonidan reyd monitoring ishlari davomida hududga o’rnatilgan fotoqopqonlar ko’rib chiqildi. Kuzatuv davomida fotoqopqonlarga Qirg’ovul va uning urg’ochisi (modasi) obyektivga muhrlangan. Olingan ma’lumotlar ilmiy xodimlar bilan muhokama qilinib, fotoqopqonlar yangi hududlar bo’ylab o’rnatib chiqildi.