Foto

Fotoqopqonga tulkining tungi harakati muhrlandi!

Orolbo’yi milliy tabiat bog’i hududida tulkining tungi harakati fotoqopqonga muhrlandi.

Tulkilar juda chaqqon va aqlli hayvon bo’lib, ular asosan tunda faol bo’ladi. Ular milliy tabiat bog’i ekotizimida kemiruvchilar sonini nazorat qilish orqali muhim rol o’ynaydi. Tungi oziqlanish jarayonlari va sayrlari fotoqopqonlar yordamida muvaffaqiyatli qayd etilmoqda.