Foto

Orolbo‘yi milliy tabiat bog‘ida “Xalqaro biologik xilma-xillik kuni”ga bag‘is…

Orolbo‘yi milliy tabiat bog‘ida “Xalqaro biologik xilma-xillik kuni”ga bag‘ishlangan ekologik tadbir bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 22-may kuni Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti tasarrufidagi Orolbo‘yi milliy tabiat bog‘i xodimlari tomonidan o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Xalqaro biologik xilma-xillik kuni” munosabati bilan ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, ularda tabiatga nisbatan daxldorlik hissini uyg‘otish hamda hududning bioxilma-xilligini asrashga ko‘maklashishdir.
Tadbir doirasida o‘quvchilarga tabiat bog‘i hududida uchraydigan va O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan flora hamda faunasi haqida so‘zlab berildi. Shuningdek, mavzuning mohiyatini ochib beruvchi maxsus prezentatsiya va videoroliklar namoyish etildi. Yakunda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olib, tabiatni muhofaza qilish har bir fuqaroning burchi ekanligini yana bir bor anglab yetdilar.