#QizilKitob
📕O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan — Pushti saqoqush haqida bilasizmi?
Ushbu qush zaif, qisqarib borayotgan, uchib o‘tuvchi-uyalovchi tur hisoblanadi. O‘zbekiston Qizil kitobiga va TMXI (Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi) Qizil ro‘yxatiga kiritilgan.
Cheklovchi omillari — Orol dengizi havzasida suv rejimining o‘zgarishi ortidan yashash joylarining yemirilishi, brakonerlik, koloniyalarining vayron qilinishi kabilar hisoblanadi.
Ovlash qat’iyan taqiqlangan. Uyalash joylarida, ko‘chish, uchib o‘tish va qishlash davrida muhofaza qilinadi.
❗️Eslatma, O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan o‘simlik va hayvon turlariga zarar yetkazish yoki yo‘q qilish, qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Batafsil yuqoridagi infografikada tanishing👆
📷Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X | 🌐 YouTube | 📗 WhatsApp