Yangilik

🌱”Orolbo’yi” milliy tabiat bog’i

🌱”Orolbo’yi” milliy tabiat bog’i

Toshkentda “Orol dengizi xavzasi landshaftining tanazzul yerlarida barqaror hayotni ta’minlashni qo‘llab-quvvatlaydigan asos sifatida ko‘llar, suv-botqoq va qirg‘oqbo‘yi hududlarini saqlash hamda boshqarish” loyihasi bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning yig‘ilishi bo’lib otti.
Tadbirda loyiha doirasida bajarilgan ishlar muhokama qilindi.
Loyiha doirasida Mavjud va yangi tashkil etilgan qo’riqlanadigan hududlarning holati baholandi, bir qator me’yoriy hujjatlar va qonun loyihalari tayyorlandi.
“Maqsadimiz 2024-yil uchun qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni aniqlash edi. Muhokamalar davomida har bir taklifga e’tibor qaratib, kelajakdagi rejalarni belgilab oldik”, – dedi Orolbo’yi suvli-botqoqli hududlarni boshqarish loyihasi rahbari Akmal Ismatov, undan tashqari qo’riqxona va milliy bog’ rahbarlari ham hududlarda amalga oshirlgan ishlar tog’risida o’z pikrlarin aytip ottilar.

📸“Orolbo’yi” MTB 17.05.2024

🌱Orolbo’yi milliy tabiat bog’i
Turnalar (Gruidae) Yirik oyoqlari va boʻyni uzun, qanotlari nisbatan keng. Suvoldi yoki oʻta nam ekosistemalarda yashaydi. Mavsumiy migratsiya davrida qishlash joylariga katta gala boʻlib uchib ketadi. Uyasini yerga oʻsimliklardan yasaydi. 3-6 yoshida voyaga yetadi. Nasl uchun ikkala jins ham gʻamxoʻrlik qiladi. 2-3 ta tuxum qoʻyib, 1 oyga yaqin bosadi. Bolalari 2-3 oy oʻtgach, uchirma boʻladi. Jufti doimiy, uzoq saqlanadi. Yosh qushlar ota-onasi bilan qishlov joyiga uchib ketadi; bahorda uya qurish joylariga qaytib kelgandan soʻng alohida yashay boshlaydi. Oʻsimliklar urugʻi, kurtagi, mevasi, hasharotlar, mayda kemiruvchilar, baliqlar, mollyuskalar va boshqa bilan oziqlanadi. Oʻzbekistonda oq turna, kulrang turna va kichik turna uchib oʻtish davrida uchraydi. Janubiy viloyatlarda kulrang turna qishlab ham qoladi. Oq turna Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitoblariga kiritilgan.
📸Islam Arepbaev (Dovutko’l)