📢 O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish yanada kuchaytirilmoqda!
So‘nggi yillarda ekologiya va atrof-muhitni asrash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z samarasini bermoqda. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekotizimlarni saqlash va muhofaza etiladigan hududlarni kengaytirish bo‘yicha muhim qadamlar tashlandi.
🏞 Xususan, 2025–2026-yillarda Ekologiya qoʻmitasi huzuridagi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti DM muassisligidagi 10 ta muhofaza etiladigan tabiiy hududning yer maydoni kengaytirildi.
Jumladan, 2026-yil 25-martdagi PQ-109-son qarorga muvofiq:
✔️3 ta yangi milliy tabiat bog‘i tashkil etildi
✔️1 ta mavjud bog‘ kengaytirildi
Yangi tashkil etilgan milliy bog‘lar:
✔️“Ovjazsoy – Moviy tog‘lar”
✔️“Piskom”
✔️“Farg‘ona”
♻️ Umumiy maydon: 188,8 ming gektar
✅ “Pop” milliy tabiat bog‘i: 10 ming gektardan 135,3 ming gektarga kengaytirildi
🐾 Natijada nimalar saqlab qolinadi?
🐿 27 turdagi noyob hayvonlar;
🦨 7 turdagi endemik turlar;
🍀 Qizil kitobga kiritilgan 40 tur o‘simlik;
🐆Farg‘ona vodiysida 24 turdagi yo‘qolib ketish xavfidagi hayvonlar.
📊 Bugungi kunda:
✔️Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar soni: 24 tadan 27 taga
✔️ Ularning umumiy maydoni: mamlakat hududining 15,9%
👉 Yana bir muhim yangilik:
💰PQ-343-son Qarorga muvofiq, 2026-yil 1-iyuldan boshlab xodimlar maoshi 3 baravargacha oshiriladi.
🔰Shuningdek, maxsus unvon va farqlash belgilari joriy qilindi.
🛠 Infratuzilma rivoji:
✔️2025-yilda 400 dan ortiq jihoz va maxsus anjomlar yetkazildi;
✔️2026-yilda “Biomeros” loyihasi doirasida moddiy-texnik baza yanada mustahkamlanadi.
❗️ Qo‘riqlash ishlarining kuchaytirilishi natijasida minglab noyob hayvonlar soni ortib bormoqda. Zero, tabiatni asrash kelajakni asrashdir!
📱 Telegram