📣 5-iyun Butunjahon atrof-muhitni himoyalash kuni
Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish kunini nishonlash doirasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti butun jahon miqyosida dolzarb bo‘lgan ekologik muammolar to‘g‘risida xalqaro jamoatchilikni xabardor etib, shu muammolarni yechishga dunyo xalqlarini chorlaydi. Yillar osha mazkur kun 100 dan ortiq mamlakatda nishonlanib, hozirda ekologik muammolarni yechishda yordam berishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, ushbu kunda barcha xalqlar birlashib, atrof-muhitni muhofaza qilishga hammani shorlap qoladilar! Jumladan “Orolbo’yi” milliy tabiat bog’i va “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog’i hodimlari 5-iyun Butunjahon atrof-muhitni himoyalash kuni munosabati bilan Qoraqalpog’iston Qishloq xo’jaligi va Agrotexnologiyalar instituti Zooinjineriya fakultetining Ekologiya atrof-muhiti va Baliqchilik yo’nalishlarida taqsil oliyodgan talaba yoshlar bilan “Tabiatni asraylik” mavzusi ostida davra suhbatilar olib borildi.