Orolboʻyi milliy tabiat bogʻida yongʻin xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan oʻquv-amaliy mashgʻulot oʻtkazildi
Bugun Orolboʻyi milliy tabiat bogʻi hududida to’qayzorlarni yongʻindan muhofaza qilish va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni oshirish maqsadida oʻquv-amaliy mashgʻulot tashkil etildi. Orolbo’yi milliy tabiat bog’i hodimlari hamda yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.
Mashgʻulot davomida yongʻinning oldini olish, favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilish, texnika va vositalardan foydalanishtagi yo’riqnomalar ko’rsatildi. Shuningdek, tabiiy boyliklarimiz – noyob oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilishda yongʻin xavfsizligi choralari muhim ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi.
Mazkur tadbir Orolboʻyi hududining ekologik barqarorligini ta’minlash, biologik xilma-xillikni saqlab qolish va tabiatga mas’uliyat bilan munosabatda boʻlish borasida yana bir muhim qadamlardan biri boʻldi.✅