Flora obyekti

Hozirgi kunda dorivor o’simliklarni o’rganish, ularning kasalliklarga ta’sir…

Hozirgi kunda dorivor o’simliklarni o’rganish, ularning kasalliklarga ta’sir kuchin bilish, ulardan dori-darmon vositalarini tayyorlash dolzarb mavzulardan hisoblanadi. Yer yuzida dorivor o’simliklarning 10-12 ming turi borligi aniqlangan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 aprel PQ 4670sonli qarorida ham yovvoyi holda o’suvchi dorivor o’simliklarni muhofaza qilish madaniy holda yetishtirishni yo’lga qo’yish va mavjud resurslardan oqilona foydalanish haqida tavsiyalar berilganligi bu sohani chuqurroq o’rganish kerakligini xalq tabobati durdonalarini farmatcevtika sanoatida qo’llash hozirgi zamon talablaridan biri ekanligini ko’rsatib o’tilgan. Shu boyistan “Orolboyi” milliy tabiat bog’i hududida otkazilgan o’simliklarning bahorgi sanoq paytida dorivor o’simlik turga kiruvchi osiyo yalpizi Mentha asiaticaBoriss ro’yhatga olindi.
Ma’lumot o’rnida aytib otamiz: “Orolbo’yi” milliy tabiat bog’ida 2024-yil holatiga ko’ra 116 tur o’simliklardan 65 turi dorivor, 35 asalshirali, 60 yem xashak, 45 texnikaviy va 37 turdagi fitomeliorant o’simliklarimiz aniqlandi.

📸 Orolbo’yi MTB