🌱”Orolbo’yi” milliy tabiat bog’i
Olakoʻzan (Vormela peregusna) suvsarsimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchi hayvon. Gavdasining uzunlig oʻrtacha 26 sm dan 35 sm gacha boʻladi, dumining uzunligi taxminan 11-20 sm atroflarida boʻladi . Tanasi xipcha va uzun, oyoqlari kalta, dumi baroq. Rangi qora, sargʻish ola, sargʻish yoki kulrang dogʻli. 3 tadan 8 tagacha bola tugʻadi. Koʻrsichqon, sichqon va boshqa mayda kemiruvchilar bilan oziqlanadiOlakoʻzanning eng faol davri asosan sutkaning ertalab va kechqurun boʻladi.Uning koʻrish qobiliyati ancha past boʻlib, faqatgina yaxshi rivojlangan hid bilish qobilayatiga tayanadi. Ular yolgʻiz yashashadi va ular 0,5–0,6 km² oraligʻida hudud belgilab oʻsha hududda keng harakatlanadi. Odatda oʻtroq tarzda hayot kechiradi va bir marta qurgan uyasida umrbod yashab qoladi.
📸”Orolbo’yi” milliy tabiat bog’i