Yangilik

🌎Bugun, 5-may – Xalqaro sayg’oqlar kuni!

🌎Bugun, 5-may – Xalqaro sayg’oqlar kuni!

Bu kunga 2010-yilda O’zbekiston, Qozog’iston va Rossiya vakillari Uralsk shahrida “SOS Sayg’oq!” loyihasi doirasida tashkil etilgan seminarda asos solingan.

Sayg’oq – g’ayrioddiy dasht antilopasi bo’lib, 50-70 ming yil oldin paydo bo’lgan mamontlar va muzlik davridan omon qoldi. Biroq, bunday uzoq tarix uning zamonaviy dunyoda omon qolishiga yordam bermadi – tur yo’qolib ketish xavfi ostida deb hisoblanadi.

Sayg‘oqlar populyatsiyasini ko‘paytirish maqsadida 2016-yilda Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq va Qo‘ng‘irot tumanlarida umumiy maydoni 628,3 ming gektar, muhofaza zonasi 219,8 ming gektar bo‘lgan “Saygachiy” majmuasi (landshaft) qo‘riqxonasi tashkil etildi.

Instagram | Telegram | Facebook | X |YouTube