Yangilik

🌿Tabiat chegara bilmaydi.📣

🌿Tabiat chegara bilmaydi.📣
Ayniqsa, ko‘chib yuruvchi yovvoyi hayvonlar turlari uchun siyosiy chegaralar begona. Shu bois ham ularni asrab-avaylash, bu turdagi hayvonlarning omon qolishi, biologik xilma-xillikni saqlashda xalqaro hamkorlik va transchegaraviy sa’y-harakatlar muhim ahamiyatga ega. Shu o‘rinda qayd etish kerakki, 1979 yilda Germaniyaning Bonn shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash bo‘yicha Konvensiyasi imzolangan va 1983 yilda kuchga kirgan. Mazkur Konvensiyaga 133 davlat a’zo. Jumladan, O‘zbekiston ham Konvensiyaga 1998 yilda qo‘shilgan.☑️ BMTning ushbu Konvensiyasi ko‘chib yuruvchi hayvonlar o‘tadigan davlatlarni, poligon shtatlarini birlashtiradi va butun migratsiya zonasida xalqaro miqyosda kelishilgan tabiatni muhofaza qilish choralari uchun huquqiy asos yaratadi. 2013 yildan boshlab O‘zbekistonda Ko‘chib yuruvchi hayvonlar kunini nishonlash an’anaga aylandi.
Shu boistan 10-noyabr – O‘zbekistonda ko‘chib yuruvchi hayvonlar kuni munasabati bilan, Orolbo’yi milliy tabiat bog’i hodimlari ham Bo’zatov tumanidagi umumtalim maktablar birida bolib, oqituvchi va oquvchi yoshlarga koshib yuruvchi hayvonlar va ularning turlari haqida keng ma’lumodlar berildi.
📸Orolbo’yi MTB📱